Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilishini izohlarkan, “aksariyati ayanchli holatida ekani va to‘liq rekonstruksiyani taqozo etishi”ni bildirdi. Binolar 2023-yilning oktabrida DABA ishchi guruhi bilan birga o‘rganilgan.
Toshkent shahar Buyuk Turon ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatidan chiqarildi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi qarori bilan Milliy ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish kiritilgan.
Arxitektor Richard Bleze qurgan 16 qavatli “Sharq” nashriyoti binosi 10 yil avvalgi noto‘g‘ri rekonstruksiyaga qaramay, hamon Toshkent ramzi bo‘lib qolmoqda, deydi arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich. U “Gazeta.uz"ga yozgan maqolasida “Sharq” binolarini saqlab qolish nima uchun zarurligini tushuntirgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sharq” nashriyotining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekanini aniqlash bo‘yicha Madaniy meros agentligi bilan kelishib oldi. Agentlik O‘zA binosi bunday obyekt emasligini, lekin uning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish xususiylashtirish sharti bo‘lishini ta’kidladi.
Madaniy meros agentligi yagona mulkiy majmua sifatida savdoga chiqarilishi aytilgan “Sharq” va O‘zA binolari madaniy meros obyekti ekanini va xususiylashtirish mumkin emasligini ma’lum qildi. Ularni auksiondan olib tashlash bo‘yicha Davaktiv agentligiga ogohlantirish berildi.
“Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va O‘zA ko‘chiriladi, ularning Toshkent markazidagi 1975−1979-yillarda qurilgan binolari sotuvga qo‘yiladi. Bu yerda “zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan yagona mulkiy majmua”ni yaratish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting